Mahalliy kengashlarning vakolati oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2025 yildan mahalliy kengashlarning vakolati oshiriladi. Bu haqda 20 dekabr kuni qabul qilingan “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida so‘z boradi. 

Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:

  • tuman (shahar)larning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YATTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng kam va eng yuqori qat’iy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida YATTlarga qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilash;
  • soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ko‘chmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun o‘rnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent, xususan, Toshkent shahrida ushbu oshiruvchi koeffitsiyentni yer solig‘i kabi zonalar kesimida qo‘llash;

Xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga:

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llash;
  • noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning qat’iy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilash vakolatlari beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning mazkur farmoni bilan mahalliy hokimliklar mas’uliyati va hisobdorligini oshirish hamda ularning tashabbuskorligi, islohot va o‘zgarishlarga “egalik qilish” rolini kuchaytirishga qaratilgan tizim joriy etilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahalliy kengash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar