Mahalladagi xotin-qizlar faoli qancha oylik oladi?

Jamiyat

image

2022 yil 1 maydan xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (2 mln 877 ming so‘m) miqdorida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. 

Qarorga ko‘ra, mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.

Ushbu lavozimga oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli nomzodlar tayinlanadi.

2022 yil 1 maydan mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

•  xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (2 mln 877 ming so‘m) miqdorida;

•  xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming so‘m) miqdorida;

•  xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming so‘m) miqdorida.

2022 yil 1 avgustgacha mahallalardagi xotin-qizlar faollari “Ayollar daftari”ni yuritish, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan ta’minlanadi.

Qaror bilan shuningdek, Bosh prokuratura tuzilmasida Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

382

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar