“Mahallada duv-duv gap”ni ijro etgan “Oskar” sohibi Ennio Morrikone vafot etdi (video)
Musiqa
−
06 iyul 2020
15948Bugun, 6 iyul kuni bastakor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda ANSA agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bastakor Rimdagi shifoxonada vafot etgan. U avvalroq yiqilib tushgani sababli shifoxonaga yotqizilgan edi So‘nggi yillarda Morrikone belida jiddiy muammolarga duch keldi va shu sababli uzoq muddatli davolanishda bo‘ldi.
Ennio Morrikone 1928 yilning 10 noyabr kuni Italiyaning Rim shahrida tavallud topgan. U bastakorlik bilan birga aranjirovka bilan ham shuhullangan. Professional derejyor ham bo‘lgan.
Bastakor 500 dan ortiq film va seriallarning musiqiy muallifidir. Ular orasida “Amerikada bir paytlar” (1984), “Tegib bo‘lmaydiganlar” (1987), “Yangi kinoteatr “Paradizo” (1981) kinokartinalari bor. Bastakor ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Olti marta “Oskar”ga nomzodlik qilgan. Birinchi “Oskar”ini kino sana’tiga qo‘shgan hissasi uchun qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchisi unga 2016 yilda, Kventin Tarantinoning "Jirkanch sakkizlik" filmi uchun berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Ennio Morrikone o‘zbek xalqiga hurmat tariqasida o‘z orkestri bilan “Mahallada duv-duv gap” filmining musiqasini ijro etgan.
LiveBarchasi