Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha ishni mahallalarda tashkil etishi, muammolarni o‘rganib, ularga yechim topishi zarurligini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, mahalla idorasining vakolatini kengaytirish, rais va xodimlarning moddiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilgan edi.

Shavkat Miriyoyev shunday ishlar bilan tanishish maqsadida Yunusobod tumanidagi “Yangibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bu yerda 7 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 2 mingdan ziyod oila mavjud. Yangi qurilgan mahalla guzari binosida keng sharoitlar yaratilgan.

Shu yerda Yunusobod tumanidagi mahallalar faollari bilan muloqot bo‘lgan.

“Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni. Mahallaning iqtisodiyotini o‘zgartirsak, jamiyatimiz o‘zgaradi. Buning uchun yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, “Har bir oila – tadbirkor” dasturidan samarali foydalanish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ko‘p qavatli uylarga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari tashkil etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, maishiy xizmatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing