Myanmada harbiylar aholiga havodan hujum qildi

Olam

image

Myanmada harbiylar Tailand bilan chegaradosh hududda joylashgan aholiga havodan hujum uyushtirdi. Havodan yog‘dirilgan og‘ir artilleriyadan qochgan minglab odamlar chegarani buzib, Tailandga qochib o‘tgan.

Kecha, 23 dekabr kuni tunda hukumat harbiylari Karen Milliy Ittifoqi (KMI)ning qurollangan siyosiy guruh a’zolari joylashgan Lay Kay Kav qishlog‘iga qarata havodan 2 ta og‘ir artilleriya tashlagan. Hukumatdan mustaqillikni talab qilib kelayotgan KMI rasmiylariga ko‘ra, hujumlar 24 dekabr kuni ham davom etgan. 

Tailand Tashqi ishlar vazirligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta Myanma harbiylari va KMI o‘rtasida qayta alanga olgan to‘qnashuvlar ortidan 4 200 dan ortiq kishi Tailandga qochib o‘tgan. Fuqarolik jamiyati guruhlari esa qochoqlar soni 10 000 dan ortiq ekanligini bildirmoqda. 

Milliy Ittifoq va hukumat o‘rtasida o‘zaro ziddiyat, joriy yilning fevral oyida, KMI mamlakatda yana bir mustaqillikni talab qilib o‘z hukumatini saylagan Aung San Su Chji guruhiga harbiylar hujumidan boshpana taklif qilishi ortidan boshlangan. 

Myanmadagi mustaqil OAVga ko‘ra, hukumat harbiylari 30-60 kishini qo‘lga olgan. Ularning orasida, Aung San Su Chji demoktariya uchun milliy ligasining rasmiy a’zosi ham bor. 

Bundan sal avval, Karen Milliy Ittifoqi BMTni hukumatga qarshi muxolifat joylashgan Lay Kay Kav hududini uchish taqiqlangan zona deb e’lon qilishga chaqirgan edi. 

Gumanitar muloqot markazining Osiyo bo‘yicha direktori Maykl Vatikiotis “Al-Jazira”ga bergan intervyusida Myanma hukumatini mamlakatda muvozanatni qo‘ldan chiqarganlikda va mustaqil guruhlarning hujumlariga qarshi tura olmaslikda ayblagan. Vatikiotisga ko‘ra, ushbu vaziyatda Tailand qochqinlar uchun yordam karidori ochishi haqida xalqaro hamjamiyat bosimlari ostida qolmoqda. 

"Biz bu muammo yanada yomonlashishi va Tailand bu odamlarni ortga qaytarib yuborishidan xavotirdamiz", deya qo‘shimcha qilgan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Myanmada yillardan buyon davom etib kelayotgan hukumat va mustaqil guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ortidan 1 300 dan ortiq odam qurbon bo‘lgan. 

Bundan tashqari, 2017 yil avgust oyida, Rohinga etnik guruhiga nisbatan uyushtirilgan shafqatsizliklar ortidan 700 000 ming kishi mamlakatni tashlab qochishga majbur bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, milliondan ortiq aholi Bangladesh bilan chegara hududida qochoq sifatida kun kechirmoqda.

Ma’lumot uchun, Karen Milliy Ittifoqi (KMI) 1949 yilda hukumatga qarshi tuzilgan siyosiy tashkilordir. Ular Karen millatiga mansub aholining xavfsizligi uchun Karen Milliy ozodlik armiyasini ham tuzgan. 2012 yilda Myanma hukumati va KMI o‘rtasida sulh imzolangan. Ammo, hali ham davom etib kelayotgan o‘zaro to‘qnashuvlar hujjat amalda kuchga ega emasligini ko‘rsatmoqda.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing