Merilin Monro qabri yonidagi joy 2 million dollarga sotuvga qo‘yildi
Madaniyat-san’at
−
22 avgust 2021
13389AQSHning Los-Anjeles shahridagi “Pierce Brothers Westwood Village Memorial Park” qabristonida joylashgan qabr 2 million dollarga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qabr avval amerikalik mashhur bastakor Jerri Xermanga tegishli bo‘lgan. U qabrni 1997 yilda sotib olgan. Ammo, bastakor 2019 yilda vafot etgach, qarindoshlari uni Nyu-Jersida onasining qabri yoniga dafn qilgan. Bo‘sh qolgan qabr esa qarindoshlari tomonidan sotuvga qo‘yilgan.
Bu qabrning ahamiyati shundaki, unda dafn yetilgan odam amerikaning mashhurlari bilan “qo‘shni” bo‘lishi mumkin. Qabr yonida amerikalik mashhur aktrisa Merilin Monro va “Playboy Enterprises” kompaniyasi asoschisi Xyu Xefnerlar dafn etilgan. Shu sababli ham qabristondagi bu joy 2 million dollarga baholangan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu qabriston 1905 yilda “Sunset” qabristoni nomi bilan tashkil etilgan va keyinchalik uning nomi “Pierce Brothers Westwood Village Memorial Parkga” o‘zgartirilgan. Bu yerda Merilin Monro va Xyu Xefnerdan tashqari boshqa mashhurlar: Natali Vud, Farra Fosett, taniqli yozuvchi Trumen Kapote va qo‘shiqchi Din Martin dafn etilgan.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi