Luvrdagi O‘zbekiston ko‘rgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi

Madaniyat-san’at

image

Xabaringiz bor, 23 noyabrdan boshlab Parijdagi Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazma Yevropa jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu kunlarda O‘zbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni ko‘rish uchun muzeyda katta navbat hosil bo‘lgan. 

Qayd etish kerakki, kelgusi yilning mart oyiga qadar davom etadigan ko‘rgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Bu esa O‘zbekistonni butun dunyoga tanitishda katta hissa qo‘shadi.

O‘zbek xalqining boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning oktyabr oyida Fransiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etildi.

O‘zbekiston rahbarining kuni kecha Fransiyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron birinchi xonimlar bilan Luvr muzeyiga borib, ushbu ko‘rgazma bilan tanishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing