“Lo‘li(chi)lik qilmang”. Qodirov parlamentda Kusherboyev bilan janjallashdi
Jamiyat
−
21 iyun 2022
24172Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 21 iyun kungi yig‘ilishida deputatlar Alisher Qodirov va Rasul Kusherboyev o‘rtasida tortishuv yuz berdi.
Qayd etilishicha, tortishuv O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi deputati Rasul Kusherboyev va Milliy tiklanish partiyasi deputati o‘rtasida fuqarolarning elektron qurilmalaridagi shaxsiy ma’lumotlarini olishga imkon beruvchi qonun loyihasi muhokamasi sabab yuzaga kelgan.
“Lo‘lichilik qilmang, sahnaga chiqib olib. Siz savolga javob berish uchun chiqqansiz men bilan “politika” qilishga emas. Texnikmisiz, IT’ni tushunasizmi? Elektron ma’lumot nimaligini tushunasizmi? Hech nimani tushunmaysiz. Bitta savolga ham javob berolmayapsiz”, deydi Qodirov Kusherboyevga qarata.
Holat aks etgan video tarqalgach, Rasul Kusherboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha post qoldirdi. Biroq ushbu post hodisaga qanchalik aloqador ekani noma’lum.
“Men haqiqatan ham ozodlikni sevaman va o‘zimni ozod inson deb bilaman. Bu mening eng qadrli boyligim.
Menimcha qolganlar ham ozodlikni sevib, o‘zlarini ozod insonlar deb bilishadi, ayniqsa deputatlar”, deydi Kusherboyev.
LiveBarchasi