Lukashenkoning shaxsiy shifokori poraxo‘rlikda ayblanib, qamaldi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoni davolovchi  shifokor poraxo‘rlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda  Lukashenkoning o‘zi Sog‘liqni saqlash vaziri, Bosh prokuror va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvda ma’lum qilgan. 

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning shifokoridan tashqari yana 35 nafar tibbiyot xodimi pora bilan ushlangan. 

“Ular jarrohlik stolida yotgan odamlarga zarur bo‘lgan organizmlarni chet elliklarga sotib, ulardan munosib ravishda pora olishgan. Tintuv chog‘ida shifokorlarning ba’zilarini uyidan 300, 650 ming yevrogacha pul mablag‘lari topilgan”, deydi u. 

Shuningdek, Lukashenko poraxo‘rlar ichida o‘zining shifokori borligidan afsusdaligini, biroq qonun hamma uchun barobarligini aytib o‘tgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda ham Davlat xavfsizlik qo‘mitasi Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi direktori Aleksandr Beletskiyni poraxo‘rligi uchun qo‘lga olganini ma’lum qilgan. Mazkur ishda “Pora olish”, “Pora berish” va “Soliq va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash” moddalari bo‘yicha jami 60 dan ortiq shaxs ayblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing