Lukashenkoning saxiyligi tutdi. U 4,5 ming kishiga amnistiya e’lon qildi
Olam
−
08 dekabr 2022
4237Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko “Milliy birlik kuni munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda bugun, 8 dekabr kuni Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Lukashenko nomidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Belorussiyadagi penitensiar siyosatning ajralmas xususiyati turli ko‘rinishdagi jinoiy jazolarni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan insonparvarlikning namoyon bo‘lishidir.
Qayd etilishicha, amnistiya faqat jazoni o‘tash davrida ijobiy xarakterga ega bo‘lgan va axloq tuzatish yo‘liga o‘tgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi, terrorchilik yoki ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, amnistiya akti natijasida 4,5 ming nafarga yaqin mahkumni jinoiy jazodan, jumladan, 1,6 ming nafarini qamoqdan ozod etish, shuningdek, yana 4 ming nafarga yaqin mahkumning jazo muddati bir yilga qisqartirilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Qonunda katta ijtimoiy xavfli bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazodan va jinoiy javobgarlikning boshqa choralaridan ozod etilishi lozim bo‘lgan shaxslar toifalari belgilangan. Voyaga yetmaganlar, homilador ayollar, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota-onalar, nafaqaxo‘rlar, I va II guruh nogironlari, bir qator kasalliklarga chalinganlar, harbiy harakatlar faxriylari, Chernobil AESdagi ofatdan jabrlanganlar, harbiy xizmatni o‘tash davrida yoki xizmat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda jarohatlar, kasalliklarga duchor bo‘lganlar shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
LiveBarchasi