Lukashenkoning inauguratsiyasi qachon o‘tkazilishi aytildi

Olam

image

9 avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida oltinchi bor g‘alaba qozongan Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasi ikki oy ichida bo‘lib o‘tadi. Ammo, qasamyod sanasi hali belgilanmagan. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni mamlakat Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi. 

"Aniq sana tashkilotchilar tomonidan belgilanadi. Inauguratsiya ikki oydan kechiktirmay bo‘ladi", deydi MSK rasmiysi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, inauguratsiya saylov natijalari rasmiy e’lon qilinganidan keyin bir oy ichida o‘tkaziladi. 

10 kundirki, Belarusda ovoz berish natijalariga nisbatan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki kunlarda bu harakatlar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib keldi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 6 mingdan ortiq odam hibsga olingan, bir necha o‘nlab huquq-tartibot xodimlari va namoyishchilar jarohat olgan.  

Markaziy Saylov Komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Lukashenka navbatdagi saylovda 80, 1% ovoz bilan g‘alaba qozongan. Ikkinchi o‘rinni 10,12 foiz ovoz bilan Svetlana Tixanovskaya egallagan.  Saylovdan keyin mamlakatni tark etgan Tixonovskaya saylov natijalarini tan olmadi. Ushbu fonda yirik korxonalar ishchilari vaziyatdan noroziligini bildirishmoqda, yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilgan mitinglar davom etmoqda.

Bugun, 19 avgust kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari onlayn muloqot qilib, bir ovozdan Belarusda o‘tgan saylov natijalarini tan olmaslikka kelishib oldilar va natijalarni soxtalashtirishda ishtirok etganlarga sanksiya qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qildilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing