Lukashenko va uning farzandlariga suiqasd rejalashtirgan guruh hibsga olindi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zi va bolalarining hayotiga suiqasd qilishni rejalashtirgan guruh hibsga olingani haqida e’lon qildi. Bu xaqda BelTA yozmoqda.

“Biz guruhni hibsga oldik, ular barchasini qanday rejalashtirganini ko‘rsatdi. Keyin biz xorij [davlati] maxsus xizmatlariga tegishli ishni aniqladik. Hoynahoy, bu – Markaziy razvedka boshqarmasi, FQB. Shu Amerika tomonidan qaysi biriningdir ishi”, deydi Lukashenko.

Belarus Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat maxsus xizmatlari ushbu jinoiy guruhni oldindan nazorat qilgan. Ularning Minskga kelib, Prezident va uning bolalari hayotiga suiqasd uyushtirish istagini aniqlagan. Ushbu guruh tarkibiga Rossiyada qo‘lga olingan advokat Zenkovich va siyosatshunos Feduta kirgan.

Lukashenkoning fikricha, unga suiqasd uyushtirish uchun buyruqni AQSHning yuqori siyosiy rahbariyati bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing