Lukashenko va o‘g‘li Olimpiya o‘yinlaridan chetlatildi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadigan tadbirlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda qo‘mita Prezidenti Tomas Bax ma’lum qilgan.

Shuningdek, Lukashenkoning Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi ham taqiqlanadi. 

Ushbu qaror yana ikki Belarus rasmiylariga, jumladan, Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasining birinchi vitse-prezidenti bo‘lgan Lukashenkoning o‘g‘li Viktorga ham tegishli.

Baxning ta’kidlashicha, Aleksandr Lukashenko rahbarlik qiladigan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasining hozirgi rahbariyati sportchilarni siyosiy kamsitishdan himoya qilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo ular pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan. Endi Olimpiya o‘yinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

ALEKSANDR LUKAShENKO VIKTOR LUKAShENKO

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar