Lukashenko Ukraina bilan chegarani to‘liq yopishni buyurdi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegarani to‘liq yopish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu haqda davlat rahbari Mustaqillik kuni sharafiga bo‘lib o‘tgan tantanali yig‘ilishda gapirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror Respublikaga qo‘shni davlatdan katta miqdordagi qurol-yarog‘ kelib tushgani sababli qabul qilingan.

“Ukrainadan Belarusga juda katta miqdordagi qurol-yarog‘ keladi. Shuning uchun men chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegarani to‘liq yopishni buyurdim”, deydi Aleksandr Lukashenko.

Davlat rahbari, shuningdek, Belarusda “uxlab yotgan” terroristik hujayralar, o‘zini o‘zi himoya qilish bo‘limlari ochilganini aytdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “Belarus o‘zini o‘zi himoya qilish bo‘linmalari” Telegram-resursi yaratilgan, uning 2500 obunachisi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing