Lukashenko Telegram kanallari haqida Putinga arz qildi

Olam

image

Sochidagi so‘nggi uchrashuvda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya ommaviy axborot vositalari va Telegram kanallaridagi nashrlarni muhokama qildi.

“Men, Vladimir Putin va Dmitriy Medvedev ushbu mavzularni muhokama qildik. Ular bu bizning ishimiz emas deyishdi. Men ularga qanday qilib "bizning ishimiz emas", deyapsizlar, axir ushbu Telegram kanallari orqasida mana bu, mana bu odamlar turibdi-ku, deb tegishli odamlar ismini aytdim", dedi Lukashenko.

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, matbuot xizmati unga OAV va Telegram kanallarida rus hokimiyatiga tegishli qator nashrlarini to‘plagan.

Avvalroq, Telegram kanallarida Belarusdan Rossiyaga kelgan past sifatli tovarlar haqida ma’lumotlar keng tarqalgan edi. Lukashenko OAVda Belarusdan keltirilgan past sifatli tovarlar to‘g‘risidagi xabarlarni “feyk” deya atab, o‘z jamiyatini "himoya qilishga" va’da bergan edi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing