Lukashenko SSSR parchalanishida kimni aybdor, deb bilishini aytdi 

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko SSSR parchalanishida kimni aybdor, deb bilishini aytdi. Bu haqda davlat rahbari Nailya Vagif Asker-zadening filmida so‘zlab bergan.

Teleboshlovchining Sovet Ittifoqi parchalanishida kim aybdor, degan savoliga Lukashenko “albatta, Yelsin va Gorbachev”, deya javob qaytargan.  

Belarus Prezidentining ta’kidlashicha, shaxsiy adovat, hokimiyat uchun kurashni butun mamlakatga o‘tkazish kerak emas.

“Ular bu bilan Sovet Ittifoqidagi munosabatlarni tartibga solishni xohlashgandi, oxirida mamlakatni parchalab yuborishdi”, deya ta’kidladi Belarus Prezidenti.

O‘z navbatida, Ukrainaning birinchi Prezidenti Leonid Kravchuk, SSSR parchalanishi bo‘yicha fikr bildirar ekan, “o‘liklarni tiriltira olmaysiz”, deydi.

“Sovet Ittifoqi o‘ziga-o‘zi barham berdi. Bunda na Kravchuk, na Yelsin va Shushkevich aybdor edi. U o‘zini-o‘zi ko‘mdi. Biz faqat bu haqiqatni qayd etdik”, deya ta’kidladi u.

Ma’lumot o‘rnida, 1991 yil 8 dekabrida Belovejda Rossiya Prezidenti Boris Yelsin, Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk va Belarus Oliy Kengashi rahbari Stanislav Shushkevich MDHni tuzish to‘g‘risidagi bitimga imzo chekdi, bu SSSR mavjudligining tugatilishini bildirgan. Gorbachyov bu harakatlarni konstitutsiyaga zid, deb baholagan. Biroq, Belovej bitimining ishtirokchilari SSSRni yo‘q qilishda aybdorligini rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1074

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing