Lukashenko Si Szinpin bilan to‘rt soat gaplashdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kecha, 28 fevral kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga borgan va bugun, 1 mart kuni Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashgandi. Lukashenkoning Xitoy rahbari bilan muzokaralari jami to‘rt soat davom etdi. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan “Pul Pervogo” kanali xabar berdi.

"Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va Xitoy Xalq Respublikasi raisi S Szinpin o‘rtasida jami to‘rt soatlik muloqot davom etdi. Muzokaralar kengaytirilgan formatda va yakkama-yakka o‘tkazildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Xitoy protokolining qat’iy an’analariga qaramay, muloqot rejalashtirilganidan ikki barobar uzoq davom etgan. Ikki davlat rahbarlari har qanday sharoitda namunali va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning asosiy tamoyillari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni qabul qilgan. Ular ishtirokida turli sohalardagi hamkorlikka oid keng ko‘lamli hujjatlar to‘plami imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq keng doiradagi muzokaralar chog‘ida Lukashenko qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, mashinasozlik va elektr transporti sohasida Xitoy bilan qo‘shma korxonalar tashkil etishni taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing