Lukashenko Putindan harbiy yordam olayotganini va yolg‘iz qolmasligini aytdi

Olam

image

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bundan buyon mamlakatdagi vaziyatni qurol kuchi bilan ushlab turmoqchi ekanini yashirmadi. U Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan muloqotda Vladimir Putindan bir necha qurollarni so‘raganini aytdi

"Biz Rossiya Prezidenti bilan Belarus hududidagi Brest yaqinida o‘tkaziladigan "Slavyan birodarligi" mashqlarini davom ettirishimiz kerakligi to‘g‘risida kelishib oldik. Biz buni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Hech qanday gap-so‘zlarga e’tibor bermasdan mashqlarning ikkinchi bosqichi haqida o‘ylashimiz kerak. Biz hech kimni qiynamoqchi emasmiz, shunchaki, o‘z manfaatlarimizni himoya qilishimiz kerak", dedi Aleksandr Lukashenko.

Minskdagi uchrashuv davomida Belarus va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

"Men Rossiya Prezidentidan ayrim turdagi qurollar ham so‘radim. So‘nggi voqealar shuni ko‘rsatdiki, belarusliklar ham, rossiyaliklar ham manfaatlarini yanada jasorat bilan himoya qilishlari kerak. Shunday bo‘ldiki, biz bu borada yolg‘iz qoldik. 

Agar kimdir Belarus zaiflashdi, Rossiya o‘zini chetga oladi, deb o‘ylasa, bu ahmoqona fikrdir. Biz vaziyatni nafaqat Belarusda, balki chegaralarimizda ham ushlab turishga qodirmiz. So‘nggi voqealar bizni yanada birlashtiradi", deya ta’kidladi Lukashenko. 

Mudofaa vaziri joriy yilda Belarus va Rossiya harbiylari 130 ga yaqin qo‘shma tadbirlarni rejalashtirganini aytdi. Ular jumlasiga mashqlar, uchrashuvlar, ikki tomonlama hamkorlik formatida ham, xalqaro maydonlarda ham qo‘shma uchrashuvlar kiradi. Masalan, hozirda "Slavyan birodarligi" mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. 

"Afsuski, dastur atigi 30 foizga bajarildi. Biz bu borada yil oxiriga qadar kamida 70 foizga chiqishimiz kerak. Buning uchun esa, mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichini kuchaytirishimiz kerak. Oktyabr oyida navbatdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazamiz", deb qo‘shimcha qildi Sergey Shoygu. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Lukashenko va Putin Sochida uchrashdi. Uchrashuvda Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar qarz berishiga kelishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing