Lukashenko Putindan Belarusning SHHTga kirishi uchun yordam so‘radi 

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Belarus Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) qo‘shilishida yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi

“Men siz bilan biz kuzatuvchi bo‘lgan SHHT haqida gaplashmoqchiman. Balki maslahatlasharmiz, siz bizning maqomimizni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaysiz”, deydi u Putin bilan Sankt-Peterburgdagi uchrashuvi chog‘ida.

Lukashenko Belarus SHHTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tganiga e’tibor qaratgan.

"O‘ylaymanki, biz u yerda ortiqcha bo‘lmaymiz", deb qo‘shimcha qilgan Lukashenko. 

Ma’lumot o‘rnida, SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Uning a’zolari Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekistondir.

SHHTda kuzatuvchi davlatlar Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lankadir. 2021 yil sentyabrida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish tartibi boshlangan edi.

Shu yilning iyun oyida esa Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza tayyorlagani ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

410

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing