Lukashenko Putin bilan muzokarada yirik miqdorda qurol yetkazib berishga kelishgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy Minsk va Moskva 1 milliard dollardan ortiq summaga teng qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

“Men 2025 yilgacha shu yerda bo‘ladigan qurollar ro‘yxati tasdiqlangani uchun Rossiya rahbariyati, harbiylari va harbiy-sanoat majmuasidan minnatdorman bu taxminan 10 ga yaqin samolyot, ularning bir qismi bizga yetib kelgan. Bu o‘nlab TOR-M2 vertolyotlari. Katta hajmla, biz ham, Rossiya Federatsiyasi ham NATO kuchlari bilan bevosita tutash bo‘lgan g‘arbiy yo‘nalishga jiddiy qarashimizni anglatadi”, degan Lukashenko.

Lukashenkoga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi muzokaralar vaqtida unga zamonaviy S-500 zenit-raketa majmuasi haqida aytib bergan.

“Juda samarali kompleks, u allaqachon sinovlardan o‘tgan, menimcha, Qurolli Kuchlarga qabul qilinishi kutilmoqda. Shu jumladan, men unga S-400 haqida yana bir bor eslatdim, unga bu komplekslarni qayerga qo‘ymoqchi ekanimizni aytdim”, degan Belarus Prezidenti.

Lukashenko ikki davlat armiyasi Ittifoqdosh davlat xavfsizligini ta’minlashga tayyor ekanini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, Lukashenkoning Rossiyaga tashrifi davomida ikki davlat integratsiyalashuviga qaratilgan 28 ta hamkorlik dasturi kelishib olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing