Lukashenko namoyishlar haqida: “Bunaqasi avval ham bo‘lgan”

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda saylovdan keyin boshlangan namoyishlar yangilik emasligini, bunday holat oldinlari ham bo‘lganini aytdi. Uning qayd etishicha, mamlakatda yangi Konstitutitsiya ustida ish olib borilmoqda. 

"Bugun sodir bo‘layotgan voqealar biz uchun kutilmagan holat yoki yangilik emas. Qariyalar 90-yillarda ham Belarusda minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, mashinalarni ag‘darib, yoqib yuborgani kabi holatlarni eslashadi. Inqilobiy vaziyatning pishishi, "saylovlarning noqonuniyligi" va shunga o‘xshash narsalar – afsonadir", dedi Lukashenko siyosiy faollar bilan Mustaqillik Saroyidagi uchrashuvda. 

Tadbirda Aleksandr Lukashenko yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish to‘g‘risida ham gapirdi.

"Bugun ijtimoiy va siyosiy hayotga yangi turtki beradigan vaqt keldi. Mamlakatimiz kelajakda qanday bo‘lishi kerakligi, uning davlat tuzilishi to‘g‘risida umumiy tasavvurni shakllantirish muhimdir. Bu – Konstitutsiya. Biz saylovlarni o‘tkazdik, natijaga erishdik. Shu joyda hammasiga nuqta qo‘yish kerak", deydi davlat rahbari. 

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, yangi Konstitutsiya kuchlar muvozanatini o‘z ichiga olishi kerak. Barcha yangiliklar xalq yig‘ilishlarida muhokama qilinishi lozim. 

"Yangi Konstitutsiya loyihasi, ehtimol, uchinchisidir. Hozir uni ustida ishlashyapti. Buni oddiy ish deb o‘ylamang", deydi davlat rahbari. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, muhokama jarayoni tugagach, yangi Konstitutsiyaning yakuniy loyihasi referendumga taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing