Lukashenko G‘arbga qarshi javob sanksiyasi qo‘llashni buyurdi
Olam
−
12 yanvar 2021
4475Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Hukumatga Respublikadagi korxonalarga qarshi birinchi bo‘lib sanksiyalar qo‘llagan G‘arb davlatlariga javob qaytarishni buyurdi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar berdi.
“Ikki yoki uchta korxonamiz G‘arb tomonidan qaroqchilar sanksiyalari ostida qoldi. Yuriy Viktorovich [Nazarov], [Bosh vazir Roman] Golovchenkoga ayting va ushbu masalani Hukumatda hal qiling: biz bunga nosimmetrik javob berishimiz kerak. Ular bizning korxonalarimizga qarshi sanksiyalarni joriy qildi. Qaysi davlatlar buni amalga oshirganini ko‘rishimiz kerak va biz shunga yarasha munosabat bildirishimiz kerak”, deydi Lukashenko Bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Nazarov va sanoat vaziri Petro Parxomchikdan hisobot olayotgan payt.
Unga ko‘ra, Belarusda bir necha ming xorijiy korxonalar ishlaydi – kichik, o‘rta, yirik.
“Ular [sanksiyalarni joriy qilgan mamlakatlar] tushunishlari kerak. Biz ular bilan yaxshimiz – bu korxonalar yaxshi, [lekin] agar ular [g‘arbiy mamlakatlar] noto‘g‘ri yo‘nalishda qadam tashlab, bizni qiyshaytira boshlasa, biz nosimmetrik tarzda javob berishimizga to‘g‘ri keladi” deydi Lukashenko.
Uning ta’kidlashicha, qo‘rqishning hojati yo‘q. Ularga allaqachon Belarus tishlarini ko‘rsatishi kerak. Shu bilan birga, Lukashenko Hukumat Minsk traktor zavodi, Amkodor va boshqalarni o‘z korxonalarini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini ta’kidladi.
Parxomchikning jurnalistlarga aytishicha, Finlyandiya va Germaniyada Belarus korxonalarini butlovchi qismlar bilan ta’minlash masalasini cho‘zayotgan alohida korxonalar mavjud.
“Keyinchalik nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatib beradi. Ammo bizning vazifamiz – bu bizning qo‘limizdagi mexanizmlar yordamida yechimlarni topish, import o‘rnini bosish, ushbu tarkibiy qismlarni lokalizatsiya qilish masalalari bilan shug‘ullanish”, deydi Respublika sanoat vazirligi rahbari.
LiveBarchasi