Lukashenko Belarus prezidentligiga munosib nomzodlar kimligini aytdi

Olam

image

Lukashenko Belarusda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun munosib nomzodlarni e’lon qildi: bular uning Grodno viloyatidagi yordamchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Yuriy Karayev va ushbu viloyat gubernatori Vladimir Karanik. Lukashenkoning bayonoti tushirilgan videoni uning Matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan “Pul pervogo” Telegram kanali e’lon qildi.

“Mendan keyingi bolalarim Prezident bo‘lmaydi. Mana, mening ikki odamim bor... Ular Prezident saylovlarida ishtirok etishlari mumkin. Ular murakkab nomzodlar bo‘ladi. Bittasi general, ikkinchisi gubernator”,  deydi u Karayev va Karanikka ishora qilib.

Lukashenko ularni “yosh, yangi avlod, aqlli va mamlakatning qadr-qimmatini biladigan”  deya Lukashenka ularni tasvirlab bergan.  Ma’lumot uchun, Yuriy Karayev 54, Vladimir Karanik 48 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing