Lukashenko Belarus chegaralari yaqinida vaziyat keskin ekanini aytdi
Olam
−
28 may 2022
7240Belarus chegaralari yaqinidagi harbiy-siyosiy vaziyat oddiy emas, lekin belaruslar o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga qodir. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko chegara xizmati shaxsiy tarkibi va faxriylariga Chegarachilar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytib o‘tgan.
“Bizning oddiy bo‘lmagan zamonamizda Vatan sarhadlari yaqinida keskin harbiy-siyosiy vaziyat yuzaga kelmoqda. Shubhasiz, har biringiz bugun qanday qiyinchilik va tahdidlarga duch kelayotganimizni, davlatimiz atrofida qanday qarama-qarshilik ketayotganini yaxshi tushunasiz, siz — yashil furajkali askarlar esa mudofaaning oldingi safida turibsiz”, degan Lukashenko.
U “chegarachilar muqaddas Vatan sarhadlarini daxlsiz saqlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlarini” kutishini aytgan.
“Ishonchim komilki, biz o‘z mustaqilligimiz va hududiy yaxlitligimizni himoya qilamiz”, degan Lukashenko.
Avvalroq, Lukashenko mamlakatning janubiy yo‘nalishida yangi operativ qo‘mondonlik tashkil etilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi