Lukashenko Belarus hududida yadro qurolini joylashtirmoqchi

Olam

image

Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey RT telekanaliga bergan intervyusida “NATOning ehtimoliy  hujumi tahdidi ortidan mamlakat o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, deya bildirgan.

“Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ta’kidlaganidek, biz mamlakat hududiga yadro qurolini joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyabmiz. Bu Shimoliy Atlantika alyansi tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hujumga nisbatan munosib javob bo‘ladi”, deya ma’lum qilgan diplomat intervyuda. 

Joriy yilning noyabr oyi oxirida Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, agar Polsha o‘z hududiga NATO tizimlarini joylashtirishga rozilik beradigan bo‘lsa, Minsk Moskvaga yadro arsenalini joylashtirish uchun o‘z hududini taklif qilishini ma’lum qilgan edi.

Lukashenko bu bayonotni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning, Germaniya o‘z hududida yardo qurollarini joylashtirishga ruxsat bermagan taqdirda AQSH Sharqiy Yevropani potensial hudud sifatida ko‘rishi haqidagi nutqidan keyin bergan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing