Lukashenko hukumatni iste’foga chiqardi. Prezident uni sabotajda ayblagan edi

Olam

image

Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko hukumatni iste’foga chiqardi. Bu haqda "Belarus 1" davlat telekanali xabar bermoqda.

Davlat rahbari 3 iyun kuni Vazirlar Mahkamasini iste’foga chiqarish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi.

Lukashenko bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hukumatning yangi tarkibi bo‘yicha takliflarni muhokama qildi. Unda Respublika Kengashi (parlamentning yuqori palatasi) raisi Natalya Kochanova, Vakillar palatasi (parlamentning quyi palatasi) raisi Vladimir Andreychenko, Prezident ma’muriyati rahbari Igor Sergeyenko va Davlat xavfsizlik kengashi kotibi Andrey Ravkov ishtirok etdi.

Prezident hukumat tarkibidagi o‘zgarishlardan so‘ng "inqilobni kutmaslik kerak", deb ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi tufayli "dunyo misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqiroz davriga kirgani" sababli Vazirlar Mahkamasida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmaydi.

Joriy yilning 25 may kuni Lukashenko shu yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan yangi Vazirlar Mahkamasini tuzish rejasini e’lon qilgan edi. U amaldagi davlat rahbari ro‘yxatga olingandan so‘ng, saylovchilarga bo‘lgan ishonchni oshirish maqsadida hukumatning yangi tarkibi e’lon qilinishini tushuntirdi.

Sergey Rumas boshchiligidagi hozirgi hukumat tarkibi 2018 yilda tasdiqlangan edi.

O‘shanda hukumatni almashtirishga Lukashenkoning amaldorlar ishidan noroziligi sabab bo‘lgan. Orshada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat rahbari vazirlarning harakatsizligini keskin tanqid qildi va ularni “loqaydlik” va sabotajda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarsu'

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar