“Loyihalash monopollashgan”. Prezident shaharlarning bosh rejasi yo‘qligini tanqid qildi

Jamiyat

image

Shaharlarning bosh rejasini ishlab chiqishni davlat loyiha institutlari “monopoliya” qilib olgan. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda taklif etilgan 45 mingta yerning 3 mingtasi kelishiladigan idoralar tomonidan qaytarilgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Bunga asosiy sabab hududlarning bosh rejasi yoki arxitektura rejalashtirish loyihalarining yo‘qligidir.

Shaharlarning bor-yo‘g‘i 30 foizida bosh reja, qishloqlarning 1 foizida  arxitektura rejalashtirish loyihalari mavjudligi tanqid qilingan.

“Ochiq aytish kerak, shaharlarning bosh rejasini ishlab chiqishni davlat loyiha institutlari “monopoliya” qilib olgan.

Investitsiya dasturlari doirasida davlat loyiha institutlariga har yili katta mablag‘lar ajratilyapti, lekin bironta tuman yoki shaharning bosh rejasi oxiriga yetkazilmagan. Narxlar ham chet ellik yoki xususiy loyiha tashkilotlari narxlariga nisbatan bir necha barobar qimmat.

Shu bois, qurilish sohasini transformatsiya qilish bo‘yicha ham alohida muhokama o‘tkazaman”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing