Londonda Yelizaveta II ning dafn marosimi boshlandi
Olam
−
19 Sentabr 2022
8631Londonda Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimi boshlandi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, marhum monarxning jasadi 14 sentyabr kunidan beri turgan Vestminster saroyidan olib chiqilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marosimda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vazirlari Boris Jonson, Tereza Mey, Devid Kemeron, Gordon Braun, Toni Bleyr va Joy Mayor, shuningdek, Yevropa qirollik oilalari vakillari va boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etadi.
Marosimda 800 nafar shaxsning ishtirok etishi qayd etilgan.
Kechqurun tobut Vindzor shahriga yetkaziladi. U yerda oilaviy dafn marosimi bo‘lib o‘tadi, unda Qirol va qirollik oilasi a’zolari ishtirok etadi.
Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp bilan otasi qirol Jorj VI memorial ibodatxonasiga dafn etiladi. U yerda qirolicha onasi, shuningdek, Yelizaveta II ning singlisi malika Margaretning kuli dafn etilgan, uning xohishiga ko‘ra jasadi kuydirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qirolicha Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi.
Qirolicha shaxsining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar o‘tgan yili ma’lum bo‘ldi. Keyin qirollik shifokorlari qirolicha Yelizaveta II ning ba’zi "harakatchanligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar" haqida gapirishdi. Uning o‘zi xalq oldiga hassa bilan chiqdi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi