Londonda metro stansiyasining yonida portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Bugun, 28 iyun kuni Buyuk Britaniya poytaxti Londonda “Elephant” va “Castle” metro stansiyasi yaqinida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in chiqqan joyda 70 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda, portlash tovushlari eshitilmoqda, odamlar evakuatsiya qilinmoqda. Hodisaning sabablari hamda qurbonlar soni haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

London yong‘in xizmatining Twitter sahifasida qayd etilishicha, temir yo‘l arklari ostidagi uchta tijorat binosi, temir yo‘l stansiyasi yaqinidagi to‘rtta vagon va telefon butkasi yonmoqda.

Xabarga ko‘ra, ushbu hududdagi yo‘llar yopilgan. Odamlardan voqea joyidan uzoqroq turish va deraza hamda eshiklarni yopiq saqlash talab qilingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea terrorizm bilan bog‘liq emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing