London o‘zbek oltinini e’tirof etdi

Jamiyat

image

London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga bozor talablariga to‘la rioya qilish borasida navbatdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etdi.

 London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi jahonda affinaj qilingan oltin ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mahsuloti sifatini nazorat qiluvchi nufuzli tashkilot hisoblanadi. NKMK 1996 yildan buyon mazkur assotsiatsiyada oltin affinaj qiluvchi tashkilotlarning “Ishonchli mahsulot” ishlab chiqaruvchilar ro‘yxati a’zosi hisoblanadi. Shu asosda kombinat mahsuloti har uch yilda bir marta test sinovlaridan o‘tkazib kelinadi. Sinovlarda bu gal ham muvaffaqiyatli natija qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing