London Olimpiadasi chempioni sport turini o‘zgartirdi
Sport
−
29 Sentabr 2021
2663Yengil atletikaning uzunlikka sakrash yo‘nalishida London-2012 Olimpiadasi chempioni britaniyalik Greg Rezerford bobsley sportiga o‘tishini e’lon qildi.
“Men bir necha hafta oldin qiyin tanlovni amalga oshirdim va bobsley bo‘yicha Britaniya terma jamoasi tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘ldim! Yangi sport turida jamoa bilan ishlash juda qiyin. Bu yo‘lda yordam berayotgan barchaga katta rahmat. Jamoamiz haligacha moliyaviy yordam qidirmoqda. Bizda Olimpiada dasturiga kirgan boshqa sport turlarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordam yetishmayapti”, deya yozgan Rezerford Instagram sahifasida.
Shuningdek, britaniyalik sportchi o‘z rejalari haqida ham ma’lum qilgan:
“Endi jamoam bilan Jahon chempionatida munosib o‘rin egallab, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishim kerak. Biz medalni orzu qilib, bir-ikki oydan keyin musobaqalarda ishtirok etishni boshlaymiz. Natijaga erishganim haqida muxlislarni xabardor qilishni sabrsizlik bilan kutaman”.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Greg Rezerford 2018 yilda yengil atletikadagi faoliyatini yakunlagan.
LiveBarchasi