Lola Murodova qattiq betob bo‘lib qoldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murodova qattiq betob bo‘lib qoldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unga tezda shifo topishni tiladi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Abdurashid Juraboyev va men viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgan Lola opa holidan xabar oldik, davlatimiz rahbarining salomi va tezda shifo topish tilagini yetkazdik”, deydi Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.To‘laganov, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari X.Fozilov, F.To‘rayev, M. Irismetov, tibbiyot fanlari doktori O.Ahmedov va boshqa qator tibbiyot muassasalari direktorlaridan iborat konsilium boshchiligida tajribali shifokorlar tomonidan kerakli muolajalar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lola Murodova 2019 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Keyinroq, senator etib saylangan. Lola Murodova  O‘zLiDeP Siyosiy kengashining 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida so‘zga chiqib, Prezident ayollarga hokimlik lavozimini ishonib topshirsa, ular bu vazifani do‘ndirib bajarishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

853

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing