Lochin yo‘lagidagi rus harbiylarining postlari buzib tashlanmoqda

Olam

image

Qorabog‘dagi Lochin yo‘lagi nomi bilan mashhur bo‘lgan postlar va boshqa binolarni demontaj qilish boshlandi.

Armanistonni Ozarbayjon hududlari bilan bog‘lovchi ushbu koridorda Lochin shahri, shuningdek, Zabux va Sus qishloqlari joylashgan.

2020 yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari tomonidan imzolangan uch tomonlama bayonotga muvofiq, bu yerda Rossiya harbiylari xizmat qilpti. Yaqin kunlarda ular yo‘l nazoratini Ozarbayjon ma’muriyatiga topshiradi va Lochin shahrini aylanib o‘tadigan yangi yo‘lda o‘z missiyasini davom ettiradi.

Bugun, 25 avgust kuni Lochin shahri, shuningdek Zabux va Sus qishloqlari Baku nazoratiga o‘tadi.

2020 yil 10 noyabrdagi deklaratsiyaga ko‘ra, Ozarbayjon Lochin yo‘lagi uchun yangi yo‘nalish yaratdi. Bundan tashqari, 32 kilometrlik avtomagistral qurilish ishlari uch tomonlama bayonotda nazarda tutilgan 3 yildan erta yakunlandi.

Endilikda Ozarbayjonning Qorabog‘ hududida yashovchi armanlar Armanistonga borib-kelish uchun yangi yo‘ldan foydalanadi.

Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari tomonidan suratga olingan videolarda rossiyalik harbiylar eski yo‘ldagi postlar, nazorat-o‘tkazish punktlari va binolarni demontaj qilib, nazorat-o‘tkazish punktlarini yangisiga ko‘chirishni boshlaganini ko‘rish mumkin.

Arman matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon yerlari ishg‘ol qilinganda bu hududga kelib qo‘nim topgan armanlar allaqachon Lochin, Zabux va Susni tark etgan.

Ozarbayjonning Lochin viloyati Armaniston tomonidan ishg‘ol qilinganidan so‘ng xalqaro huquqqa zid ravishda Suriya va Livandan armanlar bu hududlarga ko‘chirilgan.

Qorabog‘ urushi

Ozarbayjon va Armaniston 2020 yil aynan Qorabog‘ hududi masalasida o‘zaro hisob-kitob qilib oldi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi yoki “Vatan muhorabasi” nomi bilan tarixga kirgan harbiy to‘qnashuvlar 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etdi. 2020 yilning 9 noyabridan 10 noyabrga o‘tar kechasi “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi. 

Harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turuvchi Turkiya Qorabog‘ urushida faol tarzda Ozarbayjonni ham ruhiy, ham siyosiy, ham harbiy jihatdan qo‘lladi. Aslida, Turkiya Birinchi Qorabog‘ urushidan beri Ozarbayjonni qo‘llab keladi. 2010 yilda ikki davlat harbiy hamkorlik borasida strategik sheriklikka erishgach, ushbu qo‘llov amaliy ko‘rinish kasb eta boshladi. Shundan so‘ng, Turkiya Ozarbayjon Qurolli Kuchlari uchun zobitlar tayyorlab, ushbu davlatga qurol eksport qilish bo‘yicha Rossiya va Isroildan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, o‘tgan 2020 yilda qurol eksporti 6 barobarga ortib ketdi. Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar oldidan esa bu ikki davlat o‘zaro harbiy dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar yakunida Turkiya Ozarbayjonda 2 ta F-16 qiruvchi samolyotini ham qoldirgani aytiladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar” uchuvchisiz harbiy apparatlarining ham Ozarbayjon g‘alabasini ta’minlashdagi o‘rni yuqori bo‘ldi.

44 kunlik urush yakunlariga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasi mamlakatning 5 shahri, 4 ta posyolka va 286 ta qishlog‘ini arman bosqinchilaridan ozod qildi. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining 2, 9 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi o‘z ona yurtlarini ozod qilish uchun kurashda halok bo‘ldi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing