Liviyada urushni to‘xtatish sari ilk qadam tashlandi

Olam

image

Liviya mojarosi tomonlari bugun, 23 oktyabr kuni Jenevada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuv bitimini imzolashdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Liviyadagi qo‘llab-quvvatlash missiyasi (UNSMIL) xabar berdi. Imzolash marosimi BMT televidenyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Missiya xabarida ta’kidlanganidek, Jenevada “Liviyada o‘t ochishni butunlay to‘xtatishʼʼ to‘g‘risida bitim imzolandi. Hujjatni 19 oktyabrdan beri Jenevada muzokaralar olib borayotgan tomonlar vakillari hamda BMT Bosh kotibining Liviya bo‘yicha maxsus vakili vazifasini bajaruvchi Stefan Vilyams va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Liviyadagi qo‘llab-quvvatlash missiyasi (UNSMIL) rahbari imzoladi.

Marosimda so‘zga chiqqan Vilyams imzolangan bitim Liviya mojarosini hal qilishdagi muhim qadam,  deya ta’kidladi.

Vilyams 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda tomonlar Liviyaning barcha rayon va shaharlarini birlashtiradigan yo‘llarini ochishga kelishib olishganini ma’lum qildi. ‘’Liviya havo yo‘llarini ochishʼʼ to‘g‘risida hamda ‘’janubiy mintaqaning ma’muriy poytaxti - Sabxaga parvozlarʼʼ to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, dedi Stefan Vilyams.

Eslatib o‘tamiz, Liviyada qo‘shhokimiyatchilik davom etyapti. Mamlakat g‘arbida BMT tan olgan Milliy birdamlik hukumati boshqaruvni amalga oshirsa, g‘arbda Parlament boshqaruvi o‘rnatilgan. Parlament MBHga qarshi kurashayotgan Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing