“Liverpool” to‘rtta sovrin yutishi mumkin – Ouen

Sport

image

Kecha, 27 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Liverpul” hamda “Vilyarreal” o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda Estupinyan tomonidan kiritilgan avtogol va Mane tomonidan berilgan aniq zarba evaziga mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Natijada, mersisaydliklar final tomon ulkan qadam tashladi.

“Vilyarreal”ga qarshi bahsdan keyin, “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen “qizillar”ni eng yaxshi jamoa ekanligini aytgan. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Shuningdek, “qizillar” afsonasi “Liverpul”ning bu mavsumda to‘rtta – Angliya liga kubogi (qo‘lga kiritilgan), Angliya Premer ligasi, Angliya kubogi va YeCHL sovrinini yutishi mumkinligi haqida ham gapirgan.

“Agar, “Liverpul” yana bitta gol ursa, bu o‘yinda hammasi tugagan bo‘lardi. Ammo  “Vilyarreal” Ispaniyada tezkor gol ursa, o‘yinning qanday yakunlanishi noma’lum bo‘lib qoladi. Bugungi uchrashuvda “Liverpul” maydonda to‘liq hukmronlik qildi. Bu men ko‘rgan eng yaxshi “qizillar” jamoasi edi. Ular shunchaki fenomenal o‘yin namoyish etdi. “Liverpul”ning aql bovar qilmaydigan kuchli bosimini to‘xtatishning iloji yo‘q. Futbolchilarimiz shafqatsiz. Tasavvur qiling, ular bir mavsumda to‘rtta sovrin yutishi mumkin”, degan Maykl Ouen

Ma’lumot o‘rnida, "Vilyarreal" va "Liverpul" o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 3 may kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing