“Liverpul”ning muhim futbolchisi safdan chiqdi
Sport
−
09 avgust 2022
6532“Liverpul”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Tyago Alkantara Angliya Premer ligasining 1-turida “Fulxem”ga (2:2) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
31 yoshli “mersisayd” futbolchisi “Fulxem”ga qarshi o‘yinning 51-daqiqasida Xarvi Elliotga almashtirilgandi. Tyago taxminan 6 hafta maydonga tusha olmaydi deya xabar berdi The Athletic nashri.
Xabarga ko‘ra, Alkantara tizzasidan jarohat olgan. Yarim himoyachi APLda keyingi 6 turni o‘tkazib yuborishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Tyago “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” 2-turda “Kristal Pelas”ni o‘z o‘yida qabul qiladi.
Ibrohim Davronov
LiveBarchasi