“Liverpool” Manening o‘rniga “Vilyarreal” hujumchisini olib kelmoqchi

Sport

image

“Liverpool” klubining seleksionerlar xizmati shu yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan senegallik hujumchi Sadio Manening o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda va yanvar oyidan beri “Vilyarreal”ning 25 yoshli gollandiyalik hujumchisi Arno Danjuma Groyeneveldga ko‘z tikmoqda. Bu haqda “Liverpool Echo” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbolchining shartnomasidagi tovon puli 45 million yevroni tashkil qiladi.Futbolchiga Angliya Premer ligasining yana bir klubi “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Danjuma “Vilyarreal” safida barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning ispan klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing