“Liverpool” Manega o‘rinbosar topdi

Sport

image

Angliyaning “Liverpool” klubi “Bavariya" jamoasi hujumchisi Serj Gnabrining vakillari bilan uchrashib, 26 yoshli futbolchining transferi oldidan shaxsiy talablarini muhokama qilgan. Bu haqda “Anfield Central”  nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Liverpool” germaniyalik iqtidorli hujumchini “Bavariya” safiga o‘tishi kutilayotgan Sadio Manega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Serj Gnabri “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Serjning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali 26 yoshli futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing