“Liverpul”-“Lester”. APL qanday qarama-qarshiliklarni va’da qilmoqda?

Sport

image

Bugun, 8 fevral kuni Angliya kubogi sabab yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng Premer ligasi bahslari davom ettiriladi.

APLning 24-tur bahslari hafta o‘rtasiga belgilangan bo‘lib, ya’ni, miduik. Uchrashuvlar uch kunga belgilangan. 8 fevral kuni: “Vest Xem”-“Uotford”(soat 00:45), “Nyukasl”-“Everton” (00:45) va “Bernli”-“Manchester Yunayted” (1:00) qarama qarshiliklari.

9 fevral kunida to‘rtda o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bular quyidagilar: “Norvich”- “Kristal Pelas”, APL yetakchisi “Manchester Siti” – “Brentford”ni qabul qilsa, “Tottenxem” – “Sautgempton” va “Aston Villa” – “Lids” uchrashuvlari ham xuddi shu kunga belgilangan. Turni yakunlab beruvchi 10 fevralda o‘yinlarning qizg‘inlik darajasi yanada ko‘tariladi. “Vulverxempton” – “Arsenal” jamoasi bilan kuch sinashsa, turning markaziy uchrashuvida  “Liverpul” – “Lester”ni qabul qiladi.

APLdan tashqari, kunning yana bir e’tiborga molik bahsida, Fransiya kubogi chorak final bosqichida “Monako” va  “Amen”(1:00) to‘qnash keladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing