“Liverpool” futbol tarixidagi eng katta homiylik shartnomasini imzolashi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi va Britaniyaning “Standard Chartered” banki bilan yangi homiylik shartnomasini tuzishi mumkin. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilda tugaydi. Agar, bitim uzaytirilsa, “Liverpul”ga to‘lanadigan summa ikki barobarga oshishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Hozirda bank klubga yiliga 47 million yevro to‘laydi va bankning nomi "Liverpul" futbolkalarida ko‘rsatilgan. Yangi shartnomaga ko‘ra, “Standard Chartered”  bu miqdorni 95 million yevrogacha oshirishi mumkin. Keyin bu homiylik shartnomasi futbol tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘ladi. “Qizillar” homiylik mablag‘i oshirilishini jiddiy ravishda talab qilmoqda. Sababi liverpulliklar oxirgi yillarda sport va bisnes jihatidan ulkan yutuqlarga erishdi. Shuning uchun “qizillar” rahbariyati jamoani futbol tarixidagi eng katta homiylik bitimiga haqli, deb hisoblaydi.

Qayd etish joizki, ingliz klubi “Standard Chartered”  bankidan tashqari boshqa kompaniyalar bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Liverpul” Angliya Premer ligasining joriy mavsumida 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 82 ochko jamg‘ardi va musobaqa jadvalida 2-pog‘onada bormoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing