“Liverpul” hujumchisi bilan uzoq muddatli yangi shartnoma tuzdi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi portugaliyalik hujumchisi Diogu Jota bilan 2027 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma imzoladi. 

Jotaning “Liverpul” bilan bundan oldingi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan edi. 

“Aytishim kerakki, men ushbu jamoada ikki yildan beri to‘p surib kelmoqdaman. Bu davr mobaynida jamoamning muhim futbolchilaridan biri bo‘ldim deb o‘ylayman. “Liverpul” rahbariyati menga ishondi va yangi uzoq muddatlik shartnoma taklif qildi. Men bundan judayam baxtiyorman. Yangi mavsum ajoyib o‘tishiga ishonaman” deydi futbolchi yangi shartnoma imzolagandan so‘ng

Ma’lumot uchun, Diogu Jota “Liverpul” tarkibida  85 o‘yinda 35 gol va 7 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing