Livandagi qochqinlar lagerida kuchli portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
11 dekabr 2021
3255Livan janubida falastinlik qochqinlar yashaydigan Burj ash-Shimali lagerida kuchli yong‘in yuz berdi va qurol ombori portlashiga olib keldi. Hozirda yong‘in o‘chirilgan. Bu haqda HAMAS tashkiloti vakili “Sawt Lebnan” radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.
Harakat vakilining so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar Burj ash-Shimali lageridagi yong‘in qo‘shni turar-joy binolariga ham o‘tmasligi uchun choralarni ko‘rgan.
Qayd etilishicha, yong‘in dastlab masjidda boshlangan, keyin qurol-yarog‘ omboriga o‘tgan. Ayni vaqtda lager Livan harbiylari tomonidan qurshab olingan. Hodisa yuzasidan mamlakat prokuraturasi tekshiruv o‘tkazyapti.
Yong‘indan keyin sodir bo‘lgan bir nechta kuchli portlash oqibatida o‘ndan ortiq odam jarohatlangan. Ularning orasida og‘ir ahvoldagilar ham bor.
LiveBarchasi