Livanda valyuta qadrsizlanishi ortidan namoyish boshlandi (video)

Olam

image

Bugun, 29 noyabr kuni Livan poytaxti Bayrutdagi asosiy yo‘l o‘tkazgichlar, tunnellar va xiyobonlar ko‘cha faollari tomonidan to‘sib qo‘yildi. Namoyishchilar yo‘lni to‘sish uchun yonayotgan shinalar va chiqindi qutilaridan foydalangan. Bu haqda TACC xabar bermoqda

Qayd etilishicha, namoyishlar milliy valyuta – livan lirasining qadrsizlanishi ortidan yuzaga kelgan. Chunki milliy valyutaning pasayishi oziq-ovqat, benzin, yonilg‘i mahsulotlari va eng zarur tovarlar narxining oshishiga ta’sir qiladi. 

Livanda bo‘lib o‘tgan namoyishlar davlat idoralari, banklar, xususiy firmalar va savdo markazlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilgan, maktablar va boshqa ta’lim muassasalari yopilgan.

Shuningdek, poytaxt Bayrut bilan bir qatorda Tripoli va Sayda shaharlarida ham transport harakati to‘xtatilgan.

Xabarga ko‘ra, bir qator joylarda xavfsizlik patrullari va harbiy xizmatchilar avvalgi tartibni tiklashga, avtomagistrallar va yo‘l o‘tkazgichlarni harakatlanish uchun to‘sib qo‘yishga harakat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing