“Lion” “Chelsi” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
Sport
−
25 mart 2019 4042 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va “Chelsi” klubi hujumchisi Olive Jiru yozda “Lion” klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bunga futbolchining o‘zi katta qiziqish bilan qaramoqda.
“Menga “Lion”dan qiziqish borligini bilaman, ammo hozircha bu haqida hech kim bilan gaplashmadim. Angliyada hamma narsani yaxshi ko‘raman. Bu yerda hayot o‘zim istaganimdek.
Sizga Jan-Mishelya Ola prezidentligida “Lion” juda yaxshi klubga aylanganini ayta olishim mumkin. Men ko‘proq maydonga tushishni xohlayman. Hozircha “Chelsi”dagi faoliyatimga bor e’tiborimni qaratganman. Kelajakda nima bo‘lishini esa shunchaki kuzatamiz”, deb aytib o‘tgan Jiru.
Olive ushbu mavsumda “Chelsi” uchun 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qilgan.
Oldinroq futbolchi Fransiya terma jamoasi to‘purarlar ro‘yxatida 3 o‘ringa ko‘tarilib olgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025