Liboslar sotuvidan eng ko‘p daromad ko‘rgan futbol klublari e’lon qilindi
Sport
−
21 fevral
2919Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi 2023 yilda jamoa liboslari va atributlari savdosidan 179 million yevro ishlab oldi, bu Yevropa jamoalari orasida rekord natija hisoblanadi. Bu haqda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) o‘z hisobotida ma’lum qildi.
Ro‘yxatda 2-o‘rinni 2023 yilda 155 million yevro daromad qilgan Ispaniyaning “Real Madrid” klubi egalladi. Kuchli uchlikni Germaniyaning “Bavariya” klubi (147 million yevro) yakunladi.
Forma va anjomlar sotuvi bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan klublar o‘nligidan Angliyaning “Liverpul” (132 million yevro), “Manchester Yunayted” (130 million yevro), Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” (97 million yevro) va Angliyaning “Arsenal” (89 million yevro) klublari joy oldi. Top-10 da oxirgi 3 ta o‘rinni Londonning “Chelsi” (87 million yevro), Italiyaning “Yuventus” va Angliyaning “Tottenxem” (har ikki klub – 74 million yevro) klublari band etgan.
LiveBarchasi