Leonardo Dikaprio uni sudga bergan qo‘shnisining uyini sotib oldi (foto)

Madaniyat-san’at

image

“Oskar” mukofoti sovrindori Leonardo Dikaprio 2007 yilda uni sudga bergan qo‘shnisining uyini 10,5 million AQSH dollariga sotib oldi. Bu haqda “Dirt.com” sayti ma’lum qildi.

48 yoshli aktyor mulkni sotib olish uchun amakivachchasi va uzoq yillik biznes hamkori Robert Hrtikaga daxldor bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyatdan foydalangan. 

Gollivud tepaliklarining mashhur Qushlar ko‘chasida joylashgan mazkur uy 1963 yilda qurilgan va to‘siqlar bilan o‘ralgan. 3500 kvadrat fut yashash maydonida to‘rtta yotoqxona va to‘rtta hammom mavjud. Shuningdek, 0,4 gektar maydonda hovuz va kichik mehmonlar uchun uy yoki alohida garaj binosi mavjud. 

Uy egalari, Ron va Joan Linklau ismli keksa er-xotin 2007 yilda Dikaprioni basketbol maydonini qurish vaqtida beparvolik qilganlikda va ularning mulkiga zarar yetkazganlikda ayblab, sudga murojaat qilgan edi. Aktyor esa konstruktiv muammolarga ularning noqonuniy o‘rnatilgan himoya devori sabab bo‘lganini ta’kidlagan. Sud jarayoni 2009 yilda hal qilingan. Shu oy boshida esa Joan Linklau 90 yoshida vafot etgandan so‘ng, beva Ron uyni Dikaprioga sotib yubordi.

Bu Dikaprio qo‘shnisining uyini birinchi marta sotib olishi emas. Uning Qushlar ko‘chasidagi uyi hozirda 5,14 gektar maydonni egallagan besh qo‘shni yer uchastkasini o‘z ichiga oladi. Aktyor majmuani Gollivud tepaliklaridagi eng katta birikmalardan biriga aylantirdi. Umumiy hisobda, birlashtirilgan mulk to‘rtta uy va to‘rtta suzish havzasini, 15 000 kvadrat metrdan ortiq maydonni o‘z ichiga oladi. Ammo Dikaprio Qushlar ko‘chasidagi uylarni sotib olishi orqali nima qilishni rejalashtirayotgani haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Ma’lumot uchun, Dikaprioning Gollivud Hillsdagi turar joyidan tashqari Beverli-Xillz, Malibu, Palm-Springs, Los Feliz va Nyu-York shaharlarida ham hashamatli uylari bor va u uzoq vaqtdan beri Beliz sohilidagi bo‘sh turgan orolga egalik qiladi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing