Lavrov O‘zbekiston va Tojikiston YeOII tomon siljiyotganini aytdi
Olam
−
14 may 2022
33652Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston va Tojikistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOI) bilan yaqinlashuvida jiddiy siljish borligini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Menimcha, biz bu yerda jiddiy muvaffaqiyatga erishdik. Tojikiston ko‘p vaqtdan beri YeOII bilan aloqada va bu masalalar bilan shug‘ullanish, hamkorlikning yaqqol foydasini ko‘rib chiqish hamda YeOIIga a’zo bo‘lish uchun Tojikiston tomonidan maxsus vakil ham tayinlangan”, deydi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston so‘nggi bir-ikki yil davomida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan shunday yo‘l tutmoqda.
“Prezidentlar Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning kelishuviga ko‘ra, amaliy jihatlarni ko‘rib chiqadigan va Toshkentni YeOIIga yaqinlashuv bilan bog‘liq qiziqtirgan savollarga javob berish uchun Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhi tuzildi”, deya qo‘shimcha qilgan Lavrov.
YeOIIga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi, Moldova, Kuba hamda O‘zbekiston kuzatuvchi davlatlar maqomiga ega.
LiveBarchasi