Lavrov Umurzoqov bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 30 mart kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda TASS Rossiya TIVga asoslanib, xabar berdi.

“Sergey Lavrov Sardor Umurzoqovga Ukrainani demilitarizatsiya va denaziyalashtirish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya, shuningdek, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokara jarayonining borishi haqida ma’lumot berdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Smolenskaya maydonida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy maydonda kun tartibida turgan mavzularga ham to‘xtalib o‘tgan. 

“Afg‘onistondagi vaziyat hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar mazmunli ko‘rib chiqildi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini saqlab qolish niyati tasdiqlandi”, deya ta’kidlagan Rossiya TIV.

Ma’lumot uchun, ertaga 31 mart kuni Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing