Lavrov Ukraina atrofidagi keskinlik qachon tugashi haqidagi savolga javob berdi
Olam
−
17 fevral 2022
9571Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashuvi joriy yil 20 fevralida tugash yoki tugamasligi Rossiya bilan bog‘liq emas, chunki taranglikni Kreml kuchaytirmayapti. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Lavrovga ko‘ra, Ukrainadagi keskinlikni Rossiya keltirib chiqarmayapti. Joriy yilning 20 fevral kuni, rejalashtirilganidek, Belarus bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar tugaydi.
"20 fevralga kelsak, savolni menga tegishli joyi yo‘q. Mashg‘ulotlarimiz ma’lum qilinganidek, 20 fevralda tugaydi. Ukrainadagi keskinlik shu kuni tugashi yoki yo‘qligiga kelsak, bilmayman, chunki biz uni keltirib chiqarmaganmiz. Biz bunday ish bilan shug‘ullanmaymiz”, deydi Tashqi ishlar vaziri.
Qayd etish kerakki, AQSH va G‘arb davlatlari so‘nggi oylarda Rossiyani Ukrainag bosqin tayyorlashda ayblab kelayotgandi. G‘arb OAVda esa hattoki hujum qilish rejalari, shuningdek sanasini ham e’lon qilgandi. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytgandi. Ammo unday bo‘lmadi.
O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib, chegaraga qo‘shin joylashtirilishi faqatgina harbiy mashg‘ulot uchun ekanini ta’kidlayotgandi. Kreml joriy yilning 20 fevraligacha mashg‘ulot o‘tkazishni belgilagandi. Hozirda o‘z xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan harbiylarni chegaradan o‘z joyiga qaytarish boshlangan.
LiveBarchasi