Lavrov Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifida jiddiy masalalar hal bo‘lishini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning pandemiya tufayli qoldirilgan Rossiyaga tashrifi epidemiologik vaziyat imkon bergan zahoti amalga oshadi va bu katta yutuq bo‘ladi. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Novoye znaniye” marafonida aytib o‘tdi.

“Afsuski, biz o‘tgan yili O‘zbekiston Prezidentining rejalashtirilgan davlat tashrifini amalga oshira olmadik, bu haqiqatan ham katta yutuq bo‘ladi, chunki uning mazmuni misli ko‘rilmagan bo‘ladi. Epidemik vaziyat imkon bergan zahoti, tashrif amalga oshiriladi”, degan vazir.

Lavrov Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekistonning vakolatli vazirliklari darajasida tom ma’noda kunlik muloqot borligini va uning o‘zi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan yaxshi aloqada ekanini ta’kidladi.

“Va, albatta, hukumat rahbarlari o‘zaro munosabatlarimizning barcha jabhalarini Prezidentlar erishgan kelishuvlarga muvofiq yo‘naltirishga imkon beruvchi maxsus mexanizm doirasidu muloqot qilishadi”, deya qo‘shimcha qilgan Lavrov.

Mirziyoyevning 2020 yil bahoriga rejalashtirilgan Moskvaga rasmiy tashrifi koronavirus pandemiyasi tufayli noma’lum muddatga qoldirildi. Ushbu tashrif doirasida yirik infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha bir qator shartnomalarni imzolash rejalashtirilgan. Jumladan, Jizzax viloyatida Markaziy Osiyoda birinchi AES qurilishini boshlash to‘g‘risida bitim imzolashi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

629

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing